O‘zA O`zbek

08.08.2018 15:22 Chop etish versiyasi

Marhum nomidagi abonent harakatdan to‘xtatildi

Marhum nomidagi abonent harakatdan to‘xtatildi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga tumandagi Eskibog‘ qishlog‘ida yashovchi fuqaro O.Maxsumov shikoyat arizasi bilan murojaat qilib, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlarining qarzdorlikni hisoblash bilan bog‘liq xatti-harakatidan norozi bo‘lgan.

Murojaatga asosan mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan o‘rganishlar davomida fuqaro xonadoni tuman elektr ta’minoti korxonasida 102070057885-son bilan ro‘yxatga olingan. SЕ 102-rusumli № 008639065206326 zavod raqamli elektr hisoblagich orqali elektr energiyasidan qonuniy tartibda foydalanib, sarf qilingan elektr haqini o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, biroq, G‘uzor TET korxonasining hisob dasturida fuqaroning otasi marhum A.Mahmudov nomiga 102070057257-sonli abonent raqamiga korxona xodimlari tomonidan 2014-yilning 31-yanvar holatida e’tiborsizlik oqibatida rasmiylashtirilgan 10234-000405-sonli dalolatnoma asosida 1 879 200 so‘m qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan to‘plangan hujjatlarga asoslanib, fuqaro xonadoniga asossiz hisoblangan qarzdorlikni bekor qilish va iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida G‘uzor tumani ma’muriy sudiga fuqaro nomidan da’vo arizasi kiritildi.

Natijada mansabdor va javobgar ishtirokida bo‘lib o‘tgan sud majlisida javobgar G‘uzor tumani elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari tomonidan iste’molchi xonadoniga korxona xodimining e’tiborsizligi oqibatida rasmiylashtirilganligi va qarzdorlik yuzaga kelganligi aniqlanib, javobgar korxona tomonidan fuqaro O.Maxsumov xonadoniga hisoblangan 1 879 200 so‘m qarzdorlik bekor qilindi. 102070057257-sonli abonent raqami sohibi A.Maxsumov vafot etganligi sababli, uning nomidagi abonent raqam harakatdan to‘xtatildi va u bilan tuzilgan shartnoma bir tomonlama bekor qilindi.

Hozirgi vaqtda ushbu abonent raqamda hech qanday qarzdorlik mavjud emas.

O‘zA
1 955