Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2018 12:12 Chop etish versiyasi

Margʻilonda navbatdagi “Atlas bayrami“ festivali oʻtkaziladi

Margʻilonda navbatdagi “Atlas bayrami“ festivali oʻtkaziladi

Joriy yilning 11-15-sentyabr kunlari Margʻilon shahrida “Atlas bayrami“ toʻrtinchi festivali boʻlib oʻtadi.

Tadbir YUNЕSKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Hunarmand“ uyushmasi, YUNЕSKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

“Atlas bayrami“ festivali milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda ham keng targʻib qilish, usta hunarmandlar bilan tajriba almashish, mamlakatda turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Unda Rossiya, Xitoy, Ispaniya, Fransiya, Mongoliya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning ustalari, rassomlari, soha mutaxassislari ishtirok etadi.

Festival doirasida Buyuk ipak yoʻli anʼanaviy toʻqimachiligi mavzusida ekspertlar kengashi, “Buyuk ipak yoʻlidagi Sharq va Gʻarb taʼsiri: Xanchjou, Margʻilon, Valensiya“ mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkaziladi. Yosh hunarmandlar uchun mahorat saboqlari, toʻqimachilik koʻrgazmalari tashkil etiladi. Shuningdek, “Hunarmandlar shaharchasi“ deb nomlangan amaliy sanʼat buyumlari yarmarkasi, Oʻzbekiston modelyerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, dorbozlar tomoshasi, qoʻgʻirchoq teatrlari chiqishlari ham boʻlib oʻtadi.

Davron Sunnatov, OʻzA
1 449