O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

10.09.2018 10:14 Chop etish versiyasi

Mardona yashamoq, Vatanni asramoq – chin inson baxti!

Mardona yashamoq, Vatanni asramoq – chin inson baxti!

Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli, keng koʻlamli targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bunda nostandart, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

photo5238010847572372044.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan aholining huquqiy ongi, huquqiy va tibbiy madaniyatini yanada oshirish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Oltinkoʻl tumanida Huquqiy axborot sayli oʻtkazildi.

photo5238010847572372045.jpg

Tadbir “Mardona yashamoq, Vatanni asramoq – chin inson baxti!” shiori ostidagi harbiy texnikalar koʻrgazmasi bilan boshlandi.

photo5238010847572372046.jpg

Harbiy xizmatchilar, mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Oltinkoʻl tumanidagi sport maktabi oʻquvchilarining turli xil koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

photo5238010847572372047.jpg

Paxtaobod tuman madaniyat boʻlimi qoshidagi drama jamoasi tomonidan ijro etilgan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, noqonuniy nikohlarning oldini olish, ogohlik va hushyorlikka chaqiruvchi “Kichik bolalarning katta dardi” nomli sahna koʻrinish chuqur hayajon bilan tomosha qilindi.

photo5238010847572372048.jpg

Aholi, ayniqsa, kollej bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etilib, 226 nafar shaxslar, jumladan, 95 nafar kollej bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

photo5238010847572372049.jpg

Oltinkoʻl tuman adliya boʻlimi, davlat notarial idoralari, FHDYO boʻlimi, davlat xizmatlari markazi xodimlari, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy hamda maʼmuriy sudlar sudyalari, advokatlar, yuridik xizmatlar xodimlari tomonidan 200 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor tartibda qabul qilinib, bepul huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi. Adliya boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish hamda huquqiy savodsizlikka barham berishga qaratilgan 70 ga yaqin koʻrgazmali plakatlar joylashtirildi.

Umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari hamda milliy-madaniy markazlarning koʻrgazmalari namoyish etildi.

Aholining kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida sayyor kitob savdolari yarmarkasi tashkil etildi.

“Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi hamda “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida yoshlar va aholiga ajratilayotgan bank imtiyozli kreditlari, mazkur kreditlar asosida taqdim etilgan, shuningdek, milliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmali tarzda namoyish etildi.

Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tuman madaniyat boʻlimi binosida salomatlik sayli tashkil etildi va unda 98 nafar sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari 57 nafar shifokor mutaxassislar va 41 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari 1932 nafar aholini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar va 347 nafar fuqarolarga ambulator tarzda davolanish uchun, 24 nafariga esa shifoxona sharoitida davolanish uchun yoʻllanmalar berildi.

“Aholi oʻrtasida reproduktiv salomatlik” mavzusida seminar oʻtkazildi va unda 300 nafardan ortiq aholi vakillari hamda kollej bitiruvchilari ishtirok etdi.

Mahalla fuqarolar yigʻinlari oʻrtasida oʻtkazilgan osh tanlovi haqiqiy osh sayliga aylanib ketdi.

Huquqiy axborot kunlari konsert dasturi bilan davom ettirildi.

Imkoniyati cheklangan fuqarolarning 15 nafariga nogironlik aravachalari, uy sharoitida taʼlim oluvchi oʻquvchilarning 2 nafariga kompyuter, 4 nafariga magnitli doska, 10 nafariga maxsus partalar tarqatildi.

Adliya vazirligi axborot xizmati

O'zA