O‘zA O`zbek

12.01.2019 08:25 Chop etish versiyasi

Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni

Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 27 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimizda oʻtkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mutasaddi tashkilot vakillari, zaxiradagi ofitserlar, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Yildan yilga milliy armiyamiz qudrati oshib bormoqda. Tinch va osoyishta yurtimizning sarhadlarini sergaklik bilan tunu kun qoʻriqlayotgan harbiylarimiz, askarlarimiz va chegarachilarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Tadbirda “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” mavzuida harbiy chiqishlar namoyish etildi. Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy orkestr ijrosida Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. “Turon” teatr studiyasi aktyorlarining yoshlarni vatanparvarlikka chorlovchi sahna koʻrinishlari talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

3.jpg

6 (1).jpg


Gulnoza Boboyeva, Muhammad Amin (foto), OʻzA
1 717