Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 20:27 Chop etish versiyasi

Nukusda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan askarlar tantanali kutib olindi

Nukusda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan askarlar tantanali kutib olindi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 21 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlarni tantanali kutib olish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Nukus temiryo‘l vokzalida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tasarrufidagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan askarlar tantanali kutib olindi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Shokarimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi S.Turmanov va boshqalar harbiy xizmat yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash bilan birga ularning intellektual salohiyatini oshirib, salomatligini mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish har bir yigit uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki shon-sharaf ishiga aylangan. Bu yoshlar uchun o‘ziga xos chiniqish maktabi bo‘lish barobarida ularning kelgusi hayotini belgilab olish yo‘lida katta imkoniyat ham yaratmoqda. Birinchi Prezidentimizning 2012 yil 31 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Qurolli Kuchlarimiz safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan fuqarolar mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘lmoqda.

Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida yigitlik burchini o‘tab qaytgan beruniylik Asqar Qurbonboyev ana shunday tavsiyanomani qo‘lga kiritgan yoshlardan.

– Nukus avtomobil yo‘l xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida o‘rganganlarim harbiy xizmatda juda qo‘l keldi, – deydi Asqar Qurbonboyev. – Kelgusida Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kirib, xalqimizga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lish niyatidaman.

San’at ustalari ishtirokidagi konsert tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
3 856






Все о погоде - Pogoda.uz