O‘zA O`zbek

22.06.2018 16:16 Chop etish versiyasi

Marafon – yoshlar kuniga bag‘ishlandi

Marafon – yoshlar kuniga bag‘ishlandi
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashabbusi bilan “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida yugurish marafoni tashkil etildi.

30 iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan sport marafonida davlat va jamoat tashkilotlari, vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi faollaridan iborat ikki yuzdan ortiq yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

da9cf777-5992-4542-8a5a-171ea1f31b16.jpg

Marafon g‘olib va sovrindorlariga akademiyaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Sport tadbirida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar turli nominatsiyalar bo‘yicha Yuqori Chirchiq tumani hokimligi va Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi badiiy havaskorlik jamoasining kuy-qo‘shiqlari, kursantlar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali jangovar chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
2 738