O‘zA O`zbek

14.08.2018 10:43 Chop etish versiyasi

“Maqom nima?” deb nomlangan kitob nashr etilmoqda

“Maqom nima?” deb nomlangan kitob nashr etilmoqda

Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan Shahrisabz shahrida joriy yilning 6-10-sentyabr kunlari tashkil etilayotgan Xalqaro maqom san’ati anjumanining ramziy belgisi tasdiqlandi. 

Sovrindorlarga topshiriladigan diplom, sertifikat loyihalari, statuetka namunalari ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun tashkiliy qo‘mitaga kiritildi.

Ayni paytda anjumanga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in tus olgan. Milliylikni o‘zida aks ettiruvchi liboslar, aktyorlar joylashuvi va Oqsaroy hududi atrofida ularning yurishlarini tashkil etish, maydonlarni hududlar kesimida taqsimlash, ularga xos bo‘lgan milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlar aks etgan ssenariy va dasturlar loyihalari, mos musiqiy ketma-ketlik hamda videoroliklar tayyorlanmoqda.

O‘zbek, rus, ingliz tillarida “Maqom nima?” deb nomlangan kitob nashr etilayotir.

O‘zA
2 290