O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bittaga oshdi

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bittaga oshdi
Shu soatgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bittaga oshib, 60 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infeksiya Istanbulda boʻlib qaytgan namanganlik fuqaroda aniqlangan. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligining telegramdagi rasmiy kanalida xabar berildi.

903
OʻzA