O‘zA O`zbek

15.11.2019 Chop etish versiyasi

Mamlakatimizda ishsizlik eng yuqori bo‘lgan viloyatlar nomi ma’lum qilindi

Mamlakatimizda ishsizlik eng yuqori bo‘lgan viloyatlar nomi ma’lum qilindi O‘zbekistondagi ishsiz aholi soni qancha ekanligi ma’lum qilindi.
Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning "Press-kofe" loyihasi bo‘lib o‘tmoqda. "Press-kofe" siyosiy debati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tashkil etilgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiy nofaol aholi 205 ming nafarga kamaygan. Ishsizlik 9 foizdan 8 foizga tushgan.

Mamlakatimizdagi ishsizlar soni 1 million 300 nafarni tashkil etadi. Ulardan 32 ming nafari kasbga o‘rgatish kurslariga jalb etilgan.

50 ming nafar aholiga ishsizlik nafaqasi beriladi. Ayni damda 304 ming 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Eng ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlar bu Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridir.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mazkur viloyatlarda ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

469
O‘zA