O‘zA O`zbek

12.07.2019 12:27 Chop etish versiyasi

Mamlakatimizda farmasevtika sohasida 162 korxona faoliyat yuritmoqda


Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Prezidentimizning joriy yil 10 apreldagi tegishli farmoni ijrosiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

photo5278695573823794148.jpg
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutasaddilarining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyun holatida mamlakatimizda farmasevtika sohasida 162 korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan 90 korxona dori vositalari, 61 korxona tibbiy buyum va 11 korxona dori vositasi va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega. 

2018-2019 yillarda 19 ta yangi korxona ishga tushirildi, ular qoshida qo‘shimcha 11 ta dori vositalarini ishlab chiqarish sexlari ochildi. Bugungi kunda mahalliy ishlab chiqaruvchi 27 ta korxona tomonidan 25 farmakoterapevtik guruhga mansub dori vositalari va 10 nomdagi tibbiy buyumlar 14 xorij mamlakatiga eksport qilinmoqda.

Mohigul QOSIMOVA, O‘zA
496