O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Mamlakatimiz qurilish sanoati imkoniyati Xitoyda namoyish etilmoqda

Mamlakatimiz qurilish sanoati imkoniyati Xitoyda namoyish etilmoqda

Joriy yilning 5 noyabridan Xitoyning Shanxay shahrida “China International Import Expo-2019“ xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmada dunyoning 64 mamlakati qatorida O‘zbekiston ham ishtirok etmoqda. 

Unda O‘zbekiston milliy stendi “Country Pavilion”idan yurtimiz ko‘plab tashkilotlari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ham qurilish materiallari bilan qatnashmoqda.

Xalqaro ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonda tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati rivoji, sohadagi yangiliklar xususida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan yirik investitsiya loyihalari bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz, “ China International Import Expo” xalqaro ko‘rgazma Shanxayda 2018 yildan buyon o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma 10 noyabrgacha davom etadi.

429
O‘zA