O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Mamlakatimiz delegatsiyasi MDH a’zo davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi

Mamlakatimiz delegatsiyasi MDH a’zo davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi joriy yilning 5 aprel sanasida Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ushbu yig‘ilishda kun tartibidagi xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi boshlanganligining 80 yilligi bayonot loyihasi yuzasidan muhokamalar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

1 172
O‘zA