Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.12.2017 12:43 Chop etish versiyasi

Malakali shifokorlarimiz xorijdan yurtimizga qaytmoqda...

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni mamlakatimiz tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2016-yil bilan qiyoslaganda o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Joriy yilda oilaviy poliklinikalar 793 taga ko‘paydi. Tunu kun faoliyati ko‘rsatadigan 793 qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etilib, ularda tez tibbiy yordam shoxobchasi hamda kunduzgi statsionarlar ochildi.

Mazkur tizimda kadrlar ta’minoti masalasi yechimi sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy hokimliklar bilan birgalikda tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni hududlar, tumanlar va muassasalar kesimida aniqlash, 2018-yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017-yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.

O‘zA
4 988