O‘zA O`zbek

07.09.2018 11:57 Chop etish versiyasi

Malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kelishuv

Malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kelishuv

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.Majidov va Fransiyaning Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasi (AICP)ning loyiha va innovatsiya boʻyicha direktori A.Karin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanalida maʼlum qilindi.

Uchrashuvda dizayn va tikuvchilik sohasi boʻyicha pedagog-kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma dasturlar asosida moda va dizayn sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kelishuvga erishildi.

OʻzA
1 767