O‘zA O`zbek

09.08.2018 19:22 Chop etish versiyasi

Maktablarda shaxmat darslari joriy etiladi

Maktablarda shaxmat darslari joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta maktabda tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitish tashkil qilinadi.

Shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tasarrufiga berildi.

2018-yil 1-sentyabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga o‘qitish va tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari majburiy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Xalq ta’limi vazirligiga 2018-yil 20-avgustga qadar maktablarida shaxmatga o‘qitish bo‘yicha ta’lim dasturlarini tasdiqlash vazifasi yuklandi.

O‘zA
2 876