O‘zA O`zbek

18.08.2018 10:31 Chop etish versiyasi

Maktab yarmarkalaridan aholi mamnun (foto)

Maktab yarmarkalaridan aholi mamnun (foto)

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham yangi o‘quv yili oldidan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida maktab yarmarkalari tashkil etildi.

photo5456540475809966461.jpg

Savdo majmualari, bozorlar va umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan yarmarkalarda 26 turdagi o‘quv qurollari savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Kanselyariya mahsulotlari, kitob va darsliklar, maktab formasi, poyabzal kabi mahsulotlar sifati, dizayni va milliy mentalitetimizga mosligi bilan ota-onalarga manzur bo‘lmoqda.

photo5456540475809966462.jpg

“Nukus dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan maktab yarmarkasida 30 ga yaqin savdo tarmog‘i aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Mahsulotlarning amaldagi standartlarga javob berishi, sifati, narx-navo hamda to‘lov terminallari uzluksiz ishlashi tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.

photo5456540475809966463.jpg

M. Habibullayev (surat), O‘zA
2 764