O‘zA O`zbek

28.08.2018 13:37 Chop etish versiyasi

Maktab yarmarkalari davom etmoqda

Maktab yarmarkalari davom etmoqda

Yangi oʻquv yiliga sanoqli kunlar qolgan ayni damda ota-onalar farzandlarini yetaklab bozorga oshiqmoqda. Andijon viloyatida tashkil etilgan maktab yarmarkalari ham shu kunlarda xaridorlar bilan gavjum.

3.JPG

“Jahon” savdo kompleksi aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib borayotgan maktab yarmarkasida umumtaʻlim maktablari oʻquvchilari uchun asosiy turdagi oʻquv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim-kechak va poyabzal sotuvi yoʻlga qoʻyilgan. Yarmarkadan oʻrin olgan mahsulotlarning deyarli barchasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan boʻlib, sifati, dizayni oʻquvchi didi va dunyoqarashiga mos.

4.JPG

Savdo nuqtalari terminal, nazorat kassa apparati va boshqa zarur vositalar bilan taʻminlangani aholiga yanada keng qulaylik yaratmoqda.

7.JPG

Z. Umurzoqov (surat), OʻzA
3 579