O‘zA O`zbek

15.08.2018 19:56 Chop etish versiyasi

Maktab yarmarkalari davom etmoqda

Maktab yarmarkalari davom etmoqda Samarqand viloyatida ham bozor va savdo majmualari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy yilning 10 avgustidan “Maktab yarmarkasi” – arzonlashtirilgan o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar savdosi yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda viloyatdagi 51 umumta’lim maktabida “Maktab yarmarkasi” tashkil etilgan. Ushbu muassasalar tuman, shahar markazidan uzoqligi va boshqa omillar hisobga olingan holda tanlangan. Har bir savdo nuqtasida 27 turdagi mahsulot bo‘lishi va ular arzonlashtirilgan narxda sotilishi belgilangan.

Samarqand tumanidagi 2-, 10- va 44-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan shunday yarmarkalar ham ota-onalar bilan gavjum.

– Tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda maktab ma’muriyati 10-umumta’lim maktabida o‘quv qurollari va kiyim-kechak sotishimiz uchun sharoit yaratib berdi, – deydi yakka tartibdagi tadbirkor Z.Soliyev. – Belgilangan 27 turdagi sifatli va ruxsat etilgan o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar savdoga chiqarilgan. O‘quvchilar va ota-onalar zarur mahsulotlarni xarid qilmoqda.

– Ikki farzandim maktabga boradi, – deydi Javonobod mahallasida yashovchi M.Hasanova. – Qo‘shnilarimizkerakli daftar-qalam, maktab formalarini “Maktab yarmarkasi”dan sotib olgan ekan. Biz ham boshqa joyga borib yurmay, shu yerdan xarid qilib qo‘ya qoldik. Bozordagidan ancha arzon. Eng muhimi, qulay joyda joylashgan, barchasining sifatiga kafolat bor.

Maktab yarmarkalari 10 sentyabrga qadar davom etadi.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat) O‘zA
2 362