O‘zA O`zbek

17.08.2018 20:30 Chop etish versiyasi

Maktab formasi: ixtiyoriymi yoki majburiy?

Maktab formasi: ixtiyoriymi yoki majburiy? Bu haqida Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, tizimga yangicha yondashuvlarni joriy etish maqsadida tashkil etilgan brifingda aytilib, joriy haftada qabul qilingan 10 ta qonun hujjati yuzasidan ma’lumot berildi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

– Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilmoqda. Bu tartib 2018/2019 o‘quv yilida ixtiyoriy, 2019/2020 o‘quv yilidan esa majburiy bo‘ladi, – dedi Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbar Tog‘ayev. – Maktab formasining bola salomatligiga salbiy ta’sir etmasligi ham e’tibordan chet qolmagan, bu borada milliy mentalitet, iqlim sharoitlari hisobga olingan. Tasdiqlangan maktab formasi 3 yil davomida sinovda bo‘ladi va bu vaqt davomida berilgan taklif, mulohazalar yordamida yanada takomillashtiriladi. Maktab formasini sotib olishda ota-onalar uchun qulaylik yaratish maqsadida qisqa muddatli (olti oydan kam bo‘lmaydigan) iste’mol kreditlari ajratilishi belgilangan.

Inobat Ahatova, O‘zA
6 791