Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2017 15:28 Chop etish versiyasi

Maktab bozori: tannarx va ehtiyoj uyg‘unligi

Surxondaryo viloyatidagi 94 umumta’lim maktabi, 16 akademik litsey va kasb-hunar kolleji, Termiz shahri va tumanlardagi 149 dehqon bozorida yo‘lga qo‘yilgan maktab bozori yarmarkalarida 26 turdagi o‘quv qurollari, darsliklar va maktab formasi savdoga chiqarilgan.

– Yangi o‘quv mavsumiga puxta hozirlik ko‘rildi, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Pardayev. – Hududlarda tashkil etilgan maktab bozorlarining aholiga qulayligi har tomonlama o‘rganilib, manzili belgilandi. Savdo tashkilotlari biriktirildi. Yarmarka ishini muvofiqlashtirish, ulardan foydalanadigan maktablar, moddiy javobgar shaxslar, o‘quvchilar soni e’tiborga olinib, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi. Chekka va olis hududlarda joylashgan maktab yarmarkalari ko‘chma do‘konlar orqali yetarli miqdorda o‘quv anjomlari va kiyim-kechaklar bilan ta’minlandi.

Savdo shoxobchalariga nazorat-kassa apparati va terminallar o‘rnatilgani, o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar sifati, narxining arzonligi xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Termiz shahridagi “Termiz-Baqtriya savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida tashkil etilgan maktab yarmarkasi ham ota-onalar va o‘quvchilar bilan gavjum.

– O‘quv anjomlari va kiyim-kechaklarni bir joydan xarid qilishning qator qulayliklari bor, – deydi Termiz shahridan Asila Mamatova. – Eng muhimi, arzon, sifatli va ishonchli. Nazorat-kassa apparati va terminal o‘rnatilgan.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
1 015






Все о погоде - Pogoda.uz