O‘zA O`zbek

26.08.2018 13:12 Chop etish versiyasi

Mahsulot nosoz boʻlsa...

Mahsulot nosoz boʻlsa...
Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Umar Ochilov Mirzo Ulugʻbek koʻchasida joylashgan D.Axtamovga qarashli maishiy texnikalar doʻkonidan tyuner sotib olgandi. Ammo u nosoz chiqdi. Doʻkonga qaytarib olib borganda, sotuvchi bilan kelisholmay qoldi. Qonun-qoidalardan bexabar sotuvchi, jihozni almashtirib berishni ham, yoki pulini qaytarishni ham istamadi. 

Bunday ziddiyatli vaziyatda U.Ochilov Oʻzbekiston Isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qildi. Shikoyat Samarqand shahar isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan oʻrganilib, doʻkon xodimiga Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʻmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni tegishli moddalari tushuntirilgach, vaziyat ijobiy tomonga oʻzgardi. Isteʻmolchiga puli qaytarib berildi.

G.Berdiyorova, OʻzA
2 013