O‘zA O`zbek

14.09.2018 18:12 Chop etish versiyasi

Mahorat darslari tashkil etildi

Mahorat darslari tashkil etildi Yozuvchilar uyushmasida Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya ijodiga bagʻishlagan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Zulfiya haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Shundan soʻng “Doʻrmon” ijod uyida ustoz-shogird anaʼanasiga muvofiq mahorat darslari tashkil etildi.

– Adabiyotga boʻlgan qiziqishim meni sheʼriyat tomon boshladi, – deydi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, Namangan davlat universiteti ingliz filologiyasi fakulteti ikkinchi kurs talabasi M.Sayfutdinova. – “Baxtim shunda”, “Ertaning fayzi”, “Vaqt tulpori” va “Orzular osmoni” nomli sheʼriy toʻplamlarim nashr etildi. Turli koʻrik-tanlovlarda qatnashib kelaman. Joriy yilda adabiyot yoʻnalishida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi boʻldim.

Tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida mushoira boʻlib oʻtdi.

Inobat Ahatova Farhod Abdurasulov (surat) OʻzA
1 409