O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Mahbuslar umuminsoniy tamoyillar asosida shartli ravishda ozod qilindi

Mahbuslar umuminsoniy tamoyillar asosida shartli ravishda ozod qilindi

2020-yil 22-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Konimex tuman sudining raisi F.Qahhorov boshchiligida Konimex tumanida 2 nafar mahkumga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan boʻlgan ishlar koʻrib chiqildi.

Sud tomonidan, 2 nafar mahkum muqaddam jinoyat sodir etib, jazoni oʻtash mobaynida sodir etgan jinoyatlarini mohiyatini tushunib yetganligi, tuzalish yoʻliga kirib, ijtimoiy mehnatga nisbatan boʻlgan munosabati ijobiy tomonga oʻzgarganligi, intizomiy jazoga tortilmaganligi, qilgan ishidan chin koʻngildan pushaymonligi oʻrnatilgan tartib-qoida talablarni bajarib, ijobiy tavsifnomaga ega va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi, inobatga olinib, shuningdek umuminsoniy prinsiplarga asoslanib, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Jumladan, mahkum Gʻabit Bekmuratov 2018-yil 28-avgust kuni jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, yaʼni chegara nazorati maskanlari orqali oʻtmasdan, aylanma yoʻllar orqali noqonuniy ravishda Qozogʻiston Respublikasi hududidiga kirib chiqqanligi sababli aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qoʻllanilib, oylik ish haqining 30 %ni davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Sudda mahkum Gʻ.Bekmurodov qilgan ishidan chin koʻngildan pushaymon ekanligini, tuzalish yoʻliga oʻtganligini aytib oʻtdi.

1 006
O'zA