O‘zA O`zbek

12.07.2019 12:44 Chop etish versiyasi

Mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari yetarli darajadami?

Mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari yetarli darajadami?

Mahalliy farmasevtika mahsulotlarining tor assortimenti ichki bozor ehtiyojlarini qondira olyaptimi? Importga haddan tashqari bog‘lanib qolinmadimi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida soha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ana shu savollarga atroflicha javob berildi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning joriy yilning 10 aprelida qabul qilingan “2019-2021 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni soha rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining vazifalari qayta ko‘rib chiqildi. Agentlik zimmasiga farmasevtika faoliyatini (chakana realizatsiyadan tashqari) litsenziyalash va nazoratini amalga oshirish funksiyalari yuklatildi. Tez orada, mazkur sa’y-harakatlar o‘z samaralarini beradi va aholimiz buni o‘z hayotida his etadi.

Mohigul QOSIMOVA, O‘zA
536