Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2017 11:47 Chop etish versiyasi

Mahallamiz obodligiga hissa qo‘shaylik

O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish maqsadida uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil qilinmoqda.

Yashnobod tumanidagi 155-umumta’lim maktabida “Mahallam ozodaligi va obodligiga hissa qo‘shaylik” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi kengashi a’zolari, Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mutaxassislari, Yashnobod tumanidagi Ahmad Yassaviy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotir.

– Mazkur davra suhbati mahallamiz odamlarining ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, ularni ona tabiat va uning ne’matlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, – deydi Ahmad Yassaviy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muhammadjalil Rasulmuhammedov. – Xalqimizda obodlik ko‘ngildan boshlanadi, degan naql bor. Unga qo‘shimcha qilib, obodlik mahalladan boshlanadi, degan bo‘lardim. Ozodalik, poklik singari qadriyat va an’analarimizni yoshlar ongiga singdirish, mahallamiz, shahrimiz farovonligiga hissa qo‘shish har birimizning burchimizdir.

Yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning yechimini topish, tabiiy muhitni muhofaza qilish borasidagi masalalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Ekologik harakati mamlakatimiz fuqarolari qulay tabiiy muhit sharoitida yashashi, ularning salomatligi uchun qayg‘uradi, tabiat musaffoligini saqlashga intiladi.

Tadbirda ekologik muammolar, ularning yechimlari, aholi ekologik madaniyatini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 196






Все о погоде - Pogoda.uz