Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.07.2018 12:29 Chop etish versiyasi

Mahallamiz kundan-kun obod bo‘lmoqda

№ 40 Хастимом.jpg

Davronbek RAHMATULLAYEV,

“Xastimom” MFY raisi:


– Mahallalar, qishloqlar, ko‘chalar kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda. Shu jumladan, bizning mahallada ham ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan poytaxtimizda Islom madaniyati markazi barpo etish ishlari boshlangan. Hozirda mahallamizdagi uylar buzilmoqda. 128 xonadon buzildi. Yana 100 ga yaqin xonadon buzilish arafasida. Xalq bunga qarshilik qilgani yo‘q. Hammasi rozi. Aholi ehtiyojga ko‘ra, boshqa hududlardan uy-joy bilan ta’minlanmoqda. Nurafshon yo‘li bo‘ylab 6 uy qurilyapti. Shuningdek, uyi buzilgan aholiga yangi qurilgan uylarga vaqtincha yashab turish uchun davlat tomonidan 11 million 300 ming so‘mdan pul berilyapti. Bundan xalq rozi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha profilaktika inspektori bilan hamkorlikda doimiy ish olib borilmoqda. Bizning mahallada umuman kichik jinoyat ham sodir etilmadi. Buni faxr bilan ayta olamiz. Xalq tinchligi, osoyishtaligi muhim hisoblanadi.

Kamxarj to‘y-ma’rakalarni o‘tkazish taklifini fuqarolarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlaydi. Buni biz uchrashuvlarda, targ‘ibot tadbirlarida qayta-qayta tushuntirib boryapmiz. Misol uchun, yaqinda mahallamizdagi 14-berk ko‘chada istiqomat qiluvchi Shomahmud Shoislomov o‘g‘lini uylantirdi. Juda namunali, kamxarj, ortiqcha isrofgarchiliksiz o‘tdi. Mahalla vakillari, oqsoqollar to‘y boshida turishdi.

O‘zA
3 019