Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.01.2018 19:42 Chop etish versiyasi

Mahallalarda eshigiga alohida belgi qo‘yilgan xonadonlar paydo bo‘ladi

NISHON 22.jpgJoriy yilning aprel oyida eshiklarida “Bu yerda I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan (F.I.Sh) istiqomat qiladi” yozuvi bo‘lgan to‘rtburchak shakldagi mis qorishmasidan tayyorlangan belgi o‘rnatilgan xonadonlar paydo bo‘ladi.

Bu kimlarning uyi bo‘lishini esa Navro‘z – umumxalq bayrami arafasida “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoniga munosib ko‘rilganlar uchun taqdirlash marosimlari tashkil etilganda bilib olamiz.

Ta’kidlash joiz, shu kunlarda fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosarlari-keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilar rahbarligida “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” tomonidan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoniga nomzodlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarda ko‘p yillar davomida halol, samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi fuqarolar taqdirlanishi ko‘zda tutilgan. Nomzodlarning xizmat va mehnat faoliyati davomida katta ishonch qozonib, obro‘ga ega bo‘lgani, turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagani, ijtimoiy faoliyati davomidagi tashabbuslari, takliflari, yangi g‘oya va fikr mulohazalari bilan ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop ettirgani, ko‘rsatuv va eshittirishlarda faol qatnashib kelayotganiga e’tibor qaratiladi.

O‘zA
1 449