Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.08.2017 17:15 Chop etish versiyasi

1765 mahallada jinoyat bo‘lmadi

O‘zA muxbiri bilan suhbatda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik institutlari bilan birgalikda olib borilgan keng qamrovli profilaktika tadbirlari natijasida 1765 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaganini qayd etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin. Bu soha xodimlari, ayniqsa, mahallalarda bevosita xalq orasida ish olib boradigan profilaktika inspektorlari faoliyatini tubdan o‘zgartirishni taqozo etdi. Odamlarning kundalik hayoti, dardu tashvishlariga hamdam, hamdard bo‘lish bugungi kun talabiga aylandi.

Haftaning har payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilingani profilaktika inspektorlari faoliyati samarasini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Chunki profilaktika kuni aholi vakillari bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlarda qilinayotgan ishlar, hamkorlikda bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar bilan bir qatorda huquqbuzarlik va jinoyatchilik ahvoli, bunga yo‘l qo‘yayotgan shaxslar qilmishi muhokama etilayotgani besamar ketmayotir. Bu huquqbuzarlik va jinoyatlar kamayayotgani, mahallalar muhiti sog‘lomlashayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Suhbatning to‘liq matni bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

O‘zA
1 632






Все о погоде - Pogoda.uz