Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.02.2017 17:45 Chop etish versiyasi

Mahalla qadriyatlar beshigi

Mahalla qadriyatlar beshigi “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovi bilimli, iste’dodli, o‘zi istiqomat qilayotgan mahalla faoliyatiga befarq bo‘lmagan avlodni kamolga yetkazishga xizmat qilib, yoshlarda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlamoqda.

Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida mazkur tanlovning Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!” shiori ostidagi ushbu tanlovning tuman bosqichida saralangan 11 jamoa mahalla hayoti, tarixi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va boshqa tushunchalar doirasida o‘z bilim va ko‘nikmasini namoyish etdi.

Tanlovning ochilishida yurtimizda yosh avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib kamolga yetkazish, navqiron avlodning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Bu boradagi xayrli ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda mahalla instituti tomonidan ham ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovi uch bosqichli tizimda o‘tkazilib, unda umumta’lim maktablarining 9-sinfi hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tanlovning mahallalararo saralash bosqichida 493 fuqarolar yig‘ini jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. Unda uch mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Tanlovning tuman bosqichida esa poytaxtimizdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining 93 jamoasi bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdi. Tanlovning shahar bosqichida jamoalar 3 shart asosida o‘zaro bellashdi.

Tanlovning birinchi shartida ishtirokchilar «Oila – mahalla–talim muassasasi” hamkorligining ahamiyati to‘g‘risida taqdimotlarni namoyish etdi. Ikkinchi shartda oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi mexanizmini kuchaytirish masalalari, sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy xujjatlar va ma’naviyatga oid savollarga javob qaytardi. Tanlovning uchinchi shartida “Mahalla – mening taqdirimda” mavzuida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

– Tanlovda ko‘plab do‘stlar orttirib, bilimlarimni yanada boyitdim, – deydi Adolat Zafarxo‘jayeva. – Jamoamiz bilan o‘zimiz istiqomat qilayotgan Chilonzor tumanidagi “Gavhar” mahalla fuqarolar yig‘ini, uning tarixi va hozirgi faoliyati, mahallamizda yashab o‘tgan mashhur insonlarning hayoti va faoliyatini o‘rgandik. Shu bilan birga poytaxtimizdagi boshqa ko‘plab mahallalar tarixi va bugungi holati haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘ldik.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Shayxontohur tumanidagi “Taxtapul” mahalla fuqarolar yig‘inining “Bilimdonlar” jamoasi birinchi o‘ringa munosib, deb topildi. Yunusobod tumanidagi “Sharq haqiqati” mahalla fuqarolar yig‘inining “Sharq yulduzi” jamoasiga ikkinchi, Uchtepa tumanidagi “O‘tkir” mahalla fuqarolar yig‘inining “Obod mahalla” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Go‘zal Sattorova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
1 418






Все о погоде - Pogoda.uz