Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.02.2017 18:02 Chop etish versiyasi

Mahalla osoyishtaligi – yurt tinchligi

“Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichida Sharof Rashidov tumani “Qo‘shbarmoq” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 38-militsiya tayanch punkti birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi farovonligini yuksaltirishda yuksak samaralar bermoqda. Bunda joylarda faoliyat yuritayotgan militsiya tayanch punktlarining ham munosib o‘rni bor.

So‘nggi besh yilda namunaviy loyihadagi 180 uy-joy qurilib, xonadonlar soni 2 ming 200 dan oshgan Qo‘shbarmoq qishlog‘ida huquqbuzarlik holatlari keskin kamaygan. Uchastka noziri va mahalla faollari hamkorligida o‘tkazilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholi o‘rtasida olib borilayotgan huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda, ayniqsa, umumta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Bugun dunyoning turli mamlakatlarida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni kuzata turib, tinchlik degan ulug‘ ne’matning qadrini yanada teran anglaysan kishi, – deydi 38-militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori Ulug‘bek Bekqulov. – Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik va o‘zaro totuvlik muhiti Prezidentimiz rahnamoligida inson manfaatlarini ko‘zlab olib borilayotgan oqilona siyosat samaralaridir.

Jizzax shahridagi “Zargarlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 8-militsiya tayanch punkti, Arnasoy tumanidagi “Cho‘lquvar” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 51-militsiya tayanch punktiga ikkinchi va uchinchi o‘rinlar nasib etdi.

Tadbir doirasida yosh tadbirkor va hunarmandlarning mahsulotlari, badiiy buyumlari hamda yosh rassomlar asarlari ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi U.Uzoqov so‘zga chiqdi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
2 415






Все о погоде - Pogoda.uz