Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2017 15:35 Chop etish versiyasi

“Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi

“Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mahallani yanada obod maskanga aylantirish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlar manfaatini himoya qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tanlovda 14 jamoa ishtirok etdi. Jamoalar mahalla hayoti va tarixi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va boshqa tushunchalar doirasida o‘z bilim va ko‘nikmasini sinovdan o‘tkazdi.

– Tanlov yoshlar uchun nafaqat bilim va mahorat sinovi, balki erkin fikr va o‘zaro muloqot maydoniga, do‘stlik bayramiga aylanib ketdi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Yu.Ravshanova. – Buni tanlovning qo‘yi bosqichlarida 665 jamoa tarkibida 2 ming 660 yigit-qiz ishtirok etganida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Shahrisabz tumanidagi “Bog‘ibahor” mahalla fuqarolar yig‘inining “Bog‘ibahor” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Qarshi tumanidagi “Ertepa” mahalla fuqarolar yig‘inining “Nihol”, Qarshi shahridagi “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolar yig‘inining “Amir Temur avlodlari” jamoalari qo‘lga kiritdi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
3 225






Все о погоде - Pogoda.uz