O‘zA O`zbek

26.08.2018 13:20 Chop etish versiyasi

Mahalla idorasi yangi binoda

Mahalla idorasi yangi binoda Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “Qizgʻaldoq” mahalla fuqarolar yigʻini binosi qayta taʻmirlanib foydalanishga topshirildi.

– Mahalla fuqarolar yigʻini binosi 1982 yilda hashar yoʻli bilan bunyod etilgan, – deydi“Qizgʻaldoq” mahalla fuqarolar yigʻini raisi E. Ahmedov. – Mahallamizda qariyb 4 ming aholi istiqomat qiladi. Qayta rekonstruksiya qilingan mahalla binosidabarcha sharoitlar yaratilganidanaholi juda mamnun.

Maʻlumotlarga koʻra, tumanda 68 mahalla boʻlib, ayni paytga qadar 15 mahalla idorasining binosi kapital taʻmirlangan, 5 tasi rekonstruksiya qilingan. 5 tasini yangidan qurish ishlari olib borilmoqda.

Avaz Xudoyqulov, OʻzA
1 811