Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.01.2017 14:54 Chop etish versiyasi

Mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binoda ish boshladi

Navoiy viloyatining Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binoda ish boshladi.

Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jamiyat boshqaruvida mahalla institutining o‘rnini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda.

Navoiy viloyatida ham fuqarolar yig‘inlari uchun zamonaviy binolar barpo etish, ularni zarur mebel va komputer jihozlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Mahallamizda qariyb 5 ming aholi istiqomat qiladi, – deydi ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Said Sharipov. – Yangi yil arafasida hududimizda 32 xonadonga mo‘ljallangan 2 qavatli hamda 46 oila uchun 2 sotix maydonga ega 3 xonali yangilangan loyihalar asosidagi namunaviy uy-joylar barpo etilgani mahalladoshlarimizga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

“Navoiy TYAS invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etilgan mahalla idorasida barcha qulaylik yaratilgan. Yangi binoda mahalla raisi, uning kotibi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, posbon va hudud profilaktika inspektori, tuman mudofaa bo‘limi vakili uchun alohida xonalar ajratilgan. Shinam majlislar zali ham barcha mebel va zarur jihozlar bilan ta’minlangan.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 518






Все о погоде - Pogoda.uz