Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2017 20:15 Chop etish versiyasi

Mahalla faollari uchun o‘quv-seminar

Mahalla raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hududdagi yoshlarning nimalar bilan bandligi, 9-sinf bitiruvchilari ta’limning keyingi bosqichga qay tarzda qamrab olingani, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalarga doimiy e’tibor qaratib keladi. Uning o‘z ishlarini puxta, mukammal bajarishi, vazifasiga tashabbuskorlik bilan yondashishida yana nimalarga e’tiborni qaratmoq kerak?

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminarda ushbu masalalarga asosiy e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizda ibratli milliy an’ana va qadriyatlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, ayniqsa, mahalladek noyob tuzilmaga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga huquqiy-tashkiliy ko‘mak ko‘rsatishga oid ishlar hajmining tobora kengayishida, ular faoliyati samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatga ko‘ra fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi ta’sis etildi.

O‘quv-seminarda fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining vazifalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 744






Все о погоде - Pogoda.uz