O‘zA O`zbek

03.08.2018 09:55 Chop etish versiyasi

Magistraturaga bu yilgi qabul oldingilaridan farq qiladi

Magistraturaga bu yilgi qabul oldingilaridan farq qiladi
Toshkent davlat agrar universiteti bilan Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf universitetining qo‘shma ta’lim dasturi asosida magistraturaga qabul boshlandi.

Prezidentimizning 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetiga 2018/2019 o‘quv yili uchun qo‘shimcha kvotalar ajratildi.

Ayni paytda universitetda Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan tayyorlangan qo‘shma ta’lim dasturiga muvofiq, magistratura bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, 15 nafar talaba “Agrar menejment” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Ushbu qo‘shma ta’lim dasturi asosida magistrlar tayyorlanadigan mutaxassislik bo‘yicha hujjatlar 2018-yilning 10-avgustiga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar nemis tilini V2 darajada bilishi kerak.

Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitish Toshkent davlat agrar universitetida va Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universitetida olib boriladi.

O‘zA
3 122