O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

MAGATE XULOSASI: IIN-3M tadqiqot reaktorini foydalanishdan chiqarish muvaffaqiyatli boʻlgan

MAGATE XULOSASI: IIN-3M tadqiqot reaktorini foydalanishdan chiqarish muvaffaqiyatli boʻlgan

Oʻtgan yili boshlangan Toshkentning “Foton” AJ hududidagi IIN-3M tadqiqot reaktorini foydalanishdan chiqarish va demontaj qilish boʻyicha ishlar yakunlandi.

IIN-3M tadqiqot reaktori mamlakatimizdagi ikkinchi yadro reaktor hisoblanadi. Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutidagi faoliyatdagi reaktor – VVR-SM birinchisidir.

“Sof energiya” yozganidek, IIN-3M reaktori 1975-yilda ishga tushirilgan. Undan yarimoʻtkazgichlar va turli xil elektron asbob-anjomlarning yuqori radiatsiyaviy taʼsir ostida ishlay olishga bardoshliligi yuzasidan sinovlar oʻtkazish uchun foydalanilgan. 2013-yilda ushbu reaktor toʻxtatilib, 2015-2019-yillar davomida uni foydalanishdan chiqarish boʻyicha ishlar oʻtkazildi.

Reaktorni demontaj qilish boʻyicha ishlar yakunlangach, Atom energiya xalqaro agentligi – MAGATE mutaxassislari maydon tekshiruvini oʻtkazdi. Natijalarga koʻra, reaktorni foydalanishdan chiqarish muvaffaqiyatli boʻlganini koʻrsatdi. Negaki, maydonda hech qanday qoldiq radiofaollik aniqlanmadi va u xoʻjalik maqsadlari uchun foydalanishga yaroqlidir.

805
OʻzA