Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 19:20 Chop etish versiyasi

Ma’naviyatimizning buyuk namoyandalari

Mamlakatimizda ulug‘ ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlar tafakkuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni jarayon ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan adabiy-badiiy kechalar, uchrashuvlar, davra suhbatlarida yaqqol ifodasini topayotir.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir «Shoir va shuur» deb nomlandi.

Tadbirda Navoiy va Bobur ijodining jahon adabiyotida tutgan o‘rni, dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan asarlari, g‘azallari va ruboiylarining yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida so‘z bordi. Shoirlar hayoti va ijodiga oid yangi ma’lumotlar tilga olindi.

– Navoiyshunos olimlarimizning olib borgan so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, Alisher Navoiyning ikkinchi devoni Movarounnahr chegaralaridan tashqarida Sheroz va Tabrizda she’riyat muxlislari tomonidan tuzilgan ekan, – deydi filologiya fanlari doktori, professor M.Imomnazarov. – Ayni ma’lumot benazir ijod sohibi yigitlik chog‘laridayoq jahon shoiri sifatida tan olinganidan dalolatdir. Ahamiyatlisi, bugun Navoiy, Bobur kabi milliy ma’naviyatimiz daholari yaratib ketgan boy meros xorijda ham zo‘r ishtiyoq bilan o‘rganilmoqda.

Talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari ijro etildi, buyuk bobokalonlarimizning inson baxt-saodati, farovonligi, sadoqat va vafo kabi yuksak fazilatlar sharaflangan g‘azal va ruboiylaridan namunalar turli tillarda o‘qildi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 449






Все о погоде - Pogoda.uz