Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 19:34 Chop etish versiyasi

Ma’naviyatga doir masalalar – doimiy e’tiborda

Milliy matbuot markazida “Milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘iboti sohasida amalga oshirilgan dolzarb vazifalar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A.Qodirov va boshqalar mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni turli yot va zararli g‘oyalarning ta’siridan ishonchli himoyalash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2017-yil 28-iyuldagi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida"gi qarori yoshlarga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni keng va atroflicha, xolis, mukammal tahlil etish, bugungi global sharoitda navqiron avlod ongu-shuurini turli yot va zararli g‘oyalardan himoyalashga oid dolzarb vazifalarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.

Anjumanda ta’kidlanganidek, bugungi globallashgan murakkab davrda ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faoliyatni zamon talabi asosida takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini yurtdoshlarimizga yetkazish yuzasidan targ‘ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlab "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida yurtimizning turli hududlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularda istiqlolimiz, uning aziz ne’matlari, tinch va osuda kunlarimiz qadr-qimmati xususida yoshlarga hayotiy va ta’sirchan misollar yordamida tushuntirildi. Mustaqillik bayrami arafasida yozuvchi va shoirlar, olimlar ishtirokida mahallalarda turli ijodiy uchrashuvlar, jonli muloqotlar tashkil etildi. Shu bilan birga mamlakatimizning turli hududlarida "Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor!" mavzuidagi anjumanlarda yurtimizda adabiyot, san’at, ma’naviyat va ma’rifat sohasida olib borilayotgan izchil va tizimli ishlar, yoshlar siyosatining mohiyati xususida so‘z yuritildi.

Matbuot anjumanida markazning kelgusidagi faoliyatiga oid ma’lumot berildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 507






Все о погоде - Pogoda.uz