Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 13:32 Chop etish versiyasi

Ma’naviy targ‘ibot – dolzarb vazifa

Ijtimoiy ahamiyatga molik binolar peshtoqida, markaziy ko‘chalar, gavjum joylarda bannerlar, shiorlar, plakat va fotosuratlarga har kuni ko‘zimiz tushadi. Ularda ezgulik, bunyodkorlik va yaratuvchilikka chorlovchi hikmatlar, ozod va obod Vatanimiz, erkin va farovon hayotimiz manzaralari, fidokorona mehnati, tashabbuskorligi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan zamondosh qahramonlarimiz siymolari aks etgan. Tunu kun beminnat xizmatda bo‘luvchi bu kabi tashqi targ‘ibot ko‘rgazmali vositalarini yaratish esa jiddiy vazifa.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida tasviriy vositalar orqali ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot ishlarida qo‘llaniladigan matnlar, qaydlar, hikmatli so‘zlar, xalq maqollari va shiorlardan iborat «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» deb nomlangan qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari vazifasini bajaruvchi N.Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi I.Latipov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi rahbari N.Muhammadiyev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning yangi taraqqiyot bosqichida belgilab bergan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, yoshlarimizni g‘arazli kuchlar ta’siridan asrash, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat muhitini kuchaytirish borasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlarini yanada takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Bu jarayon tasviriy vositalardan keng foydalanish, shu bilan birga zamon ruhini chuqur anglagan, insonlar qalbiga yo‘l topa oladigan targ‘ibotchilarni tayyorlashni ham talab etadi.

– Bugun chetdan kirib kelayotgan turli g‘arazli oqimlar, zararli illatlar yigit-qizlarimiz ma’naviyatiga tahdid solayotgan bir pallada ma’naviy targ‘ibotchining o‘z ustida ishlamasligi, bilimi va malakasini oshirmasligi, xotirjamlikka berilishga haqqi yo‘q, – deydi Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi huzuridagi «Ma’naviyat targ‘ibotchisi» o‘quv kursi tinglovchisi, Toshkent davlat agrar universiteti o‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar fakulteti dekanining o‘rinbosari A.To‘raqulov. – Bugungi tadbir ham bizlar uchun muhim mahorat darsi bo‘ldi. Taqdimoti o‘tkazilgan qo‘llanma bilan tanishish asnosida yoshlar o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo‘ldik.

Tadbirda tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, bu yo‘nalishdagi ijtimoiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish yuzasidan ijtimoiy-ma’rifiy loyihalar, anjumanlar, muloqotlar, davra suhbatlarini muntazam tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 664






Все о погоде - Pogoda.uz