Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.10.2017 15:50 Chop etish versiyasi

Ma’muriy islohotlar taraqqiyotimizga xizmat qiladi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda qator vazirlik, idoralar, oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 8-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati o‘rganildi.

Unda so‘zga chiqqanlar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini, bugungi kunda davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli tizimini yaratish, davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uyg‘un faoliyatini tashkil etish dolzarb vazifa sanalishini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Pirovard maqsad esa “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oyani hayotga to‘liq tatbiq etishga qaratilgan.

Konferensiyada Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalarning so‘zsiz amalga oshirilishidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar ham manfaatdor ekani qayd etildi. Xususan, konsepsiyada ko‘zda tutilgan vazifalar O‘zLiDePning iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalarda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, xususiy sektorning samarali faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlashga qaratilgan dasturiy faoliyatiga to‘la mos keladi.

Tadbirda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasining mazmun-mohiyatini, uning asosiy maqsad-vazifalari, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini liberallashtirish tamoyillari, iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligini takomillashtirish, professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalarni joriy etish, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi masalalarni muhokama qildi.

O‘zLiDePning “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligini izchil oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan aholi muammolarining hal qilinishi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati mexanizmlarini kengaytirishda faol ishtirokini ta’minlash xususida fikr almashildi.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
1 838






Все о погоде - Pogoda.uz