Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2017 17:23 Chop etish versiyasi

Navoiyda Harakatlar strategiyasi loyihasi muhokama etildi

Navoiyda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi va viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yanada yuksaltirish, barcha sohalarni liberallashtirish, davlat va jamiyat rivojini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

– Harakatlar strategiyasida davlatimiz mustaqilligini, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish, puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli tashqi siyosat yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan, – deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari X.Raupov. – Shuningdek, strategiyani amaliyotga tatbiq etish doirasida bir qator yangi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Tadbirda iqtisodiyot tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish, davlat organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
1 512






Все о погоде - Pogoda.uz