O‘zA O`zbek

16.08.2018 21:10 Chop etish versiyasi

Loqaydlik iskanjasidagi xavotir

Loqaydlik iskanjasidagi xavotir Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida “Yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilik: sabab va oqibatlar. Jinoyat haqiqati va adolati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Adliya vazirliklari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda yoshlar bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning sababi, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, turli zararli illatlarning salbiy oqibatlari haqida fikr yuritildi.

Shuningdek, jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan, jazo muddatini o‘tayotgan va “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilinib, yengil jazo tayinlangan yoshlar bilan yakka tartibda ishlashning yangi mexanizmini yaratish borasida mulohazalar bildirildi.

Tadbirda Yunusobod tumanidagi tungi klubda sodir etilgan mudhish jinoyat va uning sabablari muhokama etildi. Aytilishicha, mazkur tungi klub joylashgan mahalla faollari bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, uning faoliyatini nazorat qilishni so‘ragan. Ammo bu murojaatlar e’tiborsiz qoldirilgan. Oqibatda...

Tadbir so‘nggida bu kabi ayanchli voqealarning oldini olish va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA
2 916