O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Litseyda uch avlod uchrashuvi

Litseyda uch avlod uchrashuvi

Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi akademik litseyda o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”ga Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, harbiy xizmatchilar, zaxiradagi ofitserlar taklif etildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi tadbirda uch avlod vakillari mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, milliy armiyamizning tinchlik-osoyishtaligimizni ta’minlashdagi alohida o‘rni, Vatan posbonlari va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida samimiy suhbat qurdi.

Tadbir doirasida litsey hovlisiga manzarali nihollar ekildi, arqon tortish, voleybol, shaxmat, stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

4.jpg

11.jpg

12.jpg

930
Hotam Mamadaliev (surat), O‘zA