O‘zA O`zbek

10.09.2018 16:52 Chop etish versiyasi

“Liderlik lageri” yoshlarga nima berdi?

“Liderlik lageri” yoshlarga nima berdi? Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Surxondaryo viloyat ingliz tili oʻqituvchilari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Liderlik lageri” (“Leaders camp-2018”)oʻquv-seminari oʻz nihoyasiga yetdi.

Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar-sogʻlomlashtirish oromgohida bir hafta davom etgan tadbirda yurtimizning barcha hududlaridan 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 150 ga yaqin yigit-qiz ishtirok etdi.

5.jpg

Seminarda turli sohalarda liderlik darajasiga yetish, jamoa bilan ishlash hamda chet tillari boʻyicha mahorat saboqlari oʻtkazildi.“Biznesda liderlik”, “Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarning oʻrni va ahamiyati”, “Ichki siyosatda liderlik”, “Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarning oʻrni” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.

6.jpg

Tadbir doirasida ishtirokchilar Termiz shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat qildi.

Jonibek Qoʻzimurodov (surat), OʻzA
1 632