O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyaga marhamat!

Liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferensiyaga marhamat!

Siz ijodkormisiz? Jamiyatda liderlikka intilib yashaysizmi?O‘z innovatsion g‘oyalaringiz bormi? Unda “Yoshlarda ijtimoiy faollikni shakllantirishning zamonaviy muammolari: liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar” mavzusida o‘tkazilayotgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya aynan siz uchun! Mazkur konferensiya joriy yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 3 ta sho‘ba asosida tashkil etiladi. 


1-sho‘ba “Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida bo‘lib, unda yoshlarning bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga mustaqil yondashuvi bo‘yicha fikr-mulohazalar yuritiladi.


2-sho‘ba “Yoshlarda innovatsion potensialni shakllantirish imkoniyatlari” mavzusida bo‘lib, yetuk mutaxassislar va iqtidorli yosh olimlar o‘zlari bajarayotgan va amalga tatbiq etilishi kutilayotgan innovatsion ishlanmalari, kashfiyotlari hamda yangi ilg‘or g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.


3-sho‘bada esa “Liderlik psixologiyasining zamonaviy muammolari” muhokamasiga bag‘ishlanib, yoshlarda liderlikni shakllantirish hamda ularda qaror qabul qilish, xodimlar bilan ishlash, ularni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar ko‘rib chiqiladi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda yosh kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Konferensiya yakunida faol qatnashchilar maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, yakunda konferensiya ishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar ishlab chiqiladi. Konferensiyada ishtirok etishni istasangiz 9 noyabrga qadar 3 ta sho‘badan biri bo‘yicha o‘z taklif va fikr-mulohazalaringiz aks etgan maqolangizni quyidagi manzillarga jo‘nating va qatnashchiga aylaning.

Manzil: Toshkent shahri, I. Karimov ko‘chasi, 45-uy

Tel.: (871) 232-61-45, 

Faks: (871) 232-60-69

340
O‘zA