O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 16:56 Chop etish versiyasi

Leonid Marinich: Minsk – Toshkent oʻrtasida aviaqatnovlar kengayadi

Leonid Marinich: Minsk – Toshkent oʻrtasida aviaqatnovlar kengayadi Belarus Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich maʼlum qilishicha, Minsk – Toshkent aviaqatnovlari soni haftasiga 4 marta amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda “BelTA“ axborot agentligi xabar berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Belarusning “Belavia“ kompaniyasi yaqin kelajakda Toshkentga 2 ta qoʻshimcha reys tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Elchi reyslarni tashkil etish muammo emasligi, eng asosiysi, uni toʻldirish va iqtisodiy samaradorlikka erishish ekanini aytib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda Belarus va Oʻzbekiston poytaxtlari oʻrtasida haftasiga ikkita toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilgan.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA