O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Latviyada Xiva shahri tarixiga doir kitob chop etildi

Latviyada Xiva shahri tarixiga doir kitob chop etildi

Latviyaning “LAMBERT academic-publishing” - LAP Nashriyot uyi tomonidan OʻzR FA Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy xodimi Gavhar Durdiyevaning “Xiva shahri meʼmoriy yodgorliklari seysmik mustahkamligini oʻrganish“ (“Issledovaniye ceysmostoykosti arxitekturnыx pamyatnikov goroda Xivы”) deb nomlangan kitobi nashrdan chiqarildi.

Kitobda meʼmoriy obidalarning texnik holatini oʻrganish hamda seysmik taʼsirlar, zamin va poydevorlarning hisobi, meʼmoriy obidalarni umrboqiyligini taʼminlashda va ularni ekspluatatsiyasida muhim jihat hisoblanadigan restavratsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha metodik tavsiyalar berilgan.

Ushbu toʻplam sohaning quruvchi-muhandislari, meʼmorlar, qurilish va meʼmorchilik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga, meʼmoriy yodgorliklarni mustahkamlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishchi loyihalarni ishlab chiquvchi restavratorlarga hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari talabalariga tavsiya etiladi.

2 040
OʻzA