Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.04.2018 19:48 Chop etish versiyasi

Latviya parlamenti a’zolari Buxoroda bo‘ldi

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Latviya Respublikasi Seymi Raisi Inara Murniyetse boshchiligidagi ushbu mamlakat parlamenti vakillari Buxoroda bo‘ldi.

Mehmonlar viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Shahriyorov hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan me’moriy yodgorliklar va boshqa diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishdi.

Buxoroning sayyohlik salohiyati juda yuqori. Mehmonlarga ana shu imkoniyatdan samarali foydalanib xorijiy sayyohlarni jalb etish, ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, turizm industriyasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Latviya parlamenti delegatsiyasi viloyatda sayyohlikning tarixiy va madaniy yo‘nalishlarida taklif etilayotgan yangi turistik mahsulotlar mamlakatimizning jozibadorligini yanada oshirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Erkin Yodgorov, O‘zA
2 031