O‘zA O`zbek

10.08.2018 20:55 Chop etish versiyasi

Kushon podsholigi davriga oid ko‘rgazma

Kushon podsholigi davriga oid ko‘rgazma
Termiz arxeologiya muzeyida “Kushon madaniyati durdonalari” nomli yangi ekspozitsiya ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ko‘p yillik arxeologik tadqiqotlar natijasida hozirgi Surxon vohasi hududida miloddan avvalgi I va milodiy III asrlarda hukm surgan Kushon podsholigi davriga oid 130 dan ortiq yodgorlik aniqlangan. Ko‘rgazmadan Fayoztepa, Chingiztepa-1, Chingiztepa-2, Dalvarzintepa, Qoratepa kabi yodgorliklarda olib borilgan qazishma ishlari davomida topilgan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Ko‘rgazma 7 sentyabrga qadar davom etadi.

3 (1).jpg

6 (1).jpg

Jonibek Qo‘zimurodov (surat) O‘zA
3 078