O‘zA O`zbek

12.06.2019 21:40 Chop etish versiyasi

Kun xabarlari qisqa satrlarda

Kun xabarlari qisqa satrlarda

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yaxshilik albatta qaytadi” begʻaraz donorlik aksiyasi doirasida surxondaryolik koʻngilli yoshlar ham faol ishtirok etdi.

Viloyat qon quyish markazida oʻtkazilgan xayriya tadbirida koʻngilli yoshlar donor sifatida qon topshirib, qon kasalliklariga chalingan bemor bolalar hayotini saqlab qolish, umidvor koʻngillarga malham boʻlishdek savobli ishga hissa qoʻshdi.

***

Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgantadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbir doirasida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun zamonaviy texnologiyalar koʻrgazmasi tashkil etildi.

***

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2019” koʻrik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi. 

“Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yoʻnalishida Navoiy shahridagi “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” kompaniyasi birinchi oʻrinni egalladi. “Xizmat koʻrsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori” yoʻnalishida Navoiy shahridagi “Traydingservis” korxonasi gʻolib boʻldi. Zamonaviy intensiv baliqchilik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan “Eksport Fish Produkt” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, nurotalik yakka tartibdagi tadbirkor Gulmira Islomova “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yoʻnalishlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Navbahor tumanidagi “Safo sevdi” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi rahbari Sevdiyor Rustamov “Yilning eng yaxshi fermeri” deb topildi.

OʻzA
577